Yarim kechada uchta mast kishi temir yo'ldan ketisharkan, biri dedi:
- Bu zinapoya juda baland ekanmi-a?
- Ushlab chiqishga tutqichlari ham past ekan, - dedi ikkinchisi.
Uchinchisi yengil tin olib:
- Hechqisi yo'q, ana lift kelyapti, - dermish.
Kitob magaziniga kirgan kishi sotuvchi ayoldan so'radi:
- «Erkaklar ayollarni e'zozlashi kerak» degan kitob bormi?
- Fantastika bo'limi qo'shni xonada.